Mebel ustalari uchun hamkor fabrika
Loyihani Bazis dasturida chizamiz, aniq o'lchamda kesamiz, teshamiz, Rover'da gul beramiz, kromkalaymiz va buyurtma manziliga yetkazib beramiz. Barcha jarayonlar dastgohlarda inson aralashuvisiz, aniq o'lchamlar bilan bajariladi. Barcha xomashyo o'zimizda bor.
Qanday ishlaymiz
Loyihadan kromkagacha barcha bosqichlar dastgohlarda inson aralashuvisiz, aniq o'lchamlar bilan bajariladi. Natijada usta to'g'ridan-to'g'ri buyurtma manziliga borib, mebelni faqat yig'adi.
Mebelning o'lchamlari, eskizi yoki rasmi bilan kelasiz yoki Telegram orqali yuborasiz.
Mebelni detallarga ajratib chizamiz va har bir detalning aniq o'lchamini chiqaramiz.
Plitalarni formatli arra markazida loyihadagi o'lchamlarga millimetrigacha kesamiz.
Furnitura uchun teshiklarni ochamiz, Rover dastgohida gul va kerakli shakllarni beramiz.
Detallarning chetini 9 agregatli apparatda Yevro kromka yoki oval kromka bilan yopamiz.
Tayyor detallarni furnitura bilan birga buyurtma manziliga yetkazamiz. Usta faqat yig'adi.
Xizmatlar
Barcha xizmatlar zamonaviy dastgohlarda inson aralashuvisiz bajariladi, shuning uchun har bir detal loyihadagi o'lchamga aniq mos keladi. Har bir xizmatni alohida yoki to'liq to'plam sifatida buyurtma qilishingiz mumkin.
O'lchamlar asosida mebelni chizish va detallar ro'yxatini tayyorlash.
DSP, LDSP, MDF va boshqa plitalarni aniq o'lchamda kesish.
Petlya, konfirmat va boshqa furnitura uchun teshiklar.
Fasadlarga gul, naqsh va figurali shakllar berish.
To'g'ri chetlarni avtomatik apparatda toza va mustahkam kromkalash.
Egri va yumaloq shakldagi detallarni kromkalash.
MDF eshik va fasadlarni plyonka bilan presslash.
Fasad va detallarni laklash hamda bo'yash.
Tayyor detallarni buyurtma manziliga olib borish. Shaharcha ichida bepul.
Materiallar
Boshqa joydan material qidirib yurishingiz shart emas: kerakli plita va furniturani shu yerda tanlab, shu yerning o'zida ishlov berdirasiz.
Ma'lumot olish uchun →Telegram guruhimizda yangi materiallar, narxlar va bajarilgan ishlar bilan tanishib boring.
Aloqa
Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumani, Qorayantoq harbiy qismi oldida
Google xaritada ochish →Har kuni: 09:00 – 19:00
Naqd, pul o'tkazish
Yangiqo'rg'on shaharchasi ichida yetkazib berish bepul